Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayevga “Oʻzbekistonda energiya resurslaridan samarali foydalanish va energiya tejovchi innovatsion texnologiyalarni qoʻllash istiqbollari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida (2143-III-son)
22.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayevga “Oʻzbekistonda energiya resurslaridan samarali foydalanish va energiya tejovchi innovatsion texnologiyalarni qoʻllash istiqbollari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayevga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. UMAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-noyabr,
2143-III-son
