Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn uchinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (SQ-396-II-son)
12.12.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn uchinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma bir yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma bir yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qoʻllanish tartibi haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
4. “Soliq va budjet siyosatining 2014-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
5. 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
6. “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
7. “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
8. “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
9. “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
10. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
11. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida strategik sherikchilik toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2013-yil 14-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
12. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2013-yil 9-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
13. “2011-yil 18-oktabrdagi Erkin savdo hududi toʻgʻrisidagi Shartnomani uning Tomonlari va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida qoʻllash haqidagi Bayonnomani (Minsk, 2013-yil 31-may) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
16. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisini tayinlash toʻgʻrisida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 12-dekabr,
SQ-396-II-son
