Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (277-II-son)
06.12.2011
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2011-yil 4-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. Roʻziyevning javobini tinglash yakunlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining axboroti haqida”gi;
2011-yil 4-dekabrda qabul qilingan “Mamlakat mintaqalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha parlament eshituvlari toʻgʻrisida”gi;
2011-yil 4-dekabrda qabul qilingan “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi E.B. Bayniyazov toʻgʻrisida”gi;
2011-yil 4-dekabrda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi X.X. Nematov toʻgʻrisida”gi;
2011-yil 4-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2011-yil 4-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-dekabr,
277-II-son
