“Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-433-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2139-III-son)
22.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil 10-noyabrda kiritilgan “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-433-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. UMAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-noyabr,
2139-III-son
