Oliy va oʻrta-maxsus maktab muammolari institutini tashkil etish toʻgʻrisida (302-son)
31.07.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy va oʻrta taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga, koʻp bosqichda mutaxassislar tayyorlashga, kadrlar tayyorlash jahon tajribasi yutuqlarini Oʻzbekiston oʻquv-taʼlim amaliyotiga joriy etishga muhim ahamiyat berib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari boʻyicha respublika oʻquv-metodika kabineti;
Toshkent davlat universitetining sotsiologik tadqiqotlar markazi negizida Oliy va oʻrta maxsus maktab muammolari institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
5. Oliy va oʻrta maxsus maktab muammolari instituti Toshkent arxitektura-qurilish instituti binosiga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Paxtakor koʻchasi, 3-uy.
6. Oliy va oʻrta maxsus maktab muammolari instituti xarajatlari bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga budjetdan ajratiladigan umumiy mablagʻlar doirasida amalga oshirilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va fan boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 31-iyul,
302-son
