Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn oltinchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida (CQ-450-II-son)
13.11.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn oltinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
Aripova Shoxida Raxmatovna — Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati direktori (Kotibiyat rahbari) Aldabergenov Qayrat Tutqaboyevich — Navoiy viloyati xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining raisi, tuman hokimi Karatayev Ikram Toshpulatovich — Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi “Qoratoy Mirzayev” fermer xoʻjaligi rahbari, Sayxunobod tumani Fermerlar kengashi raisi Majidov Rustamali Axmadaliyevich — Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi 2-sonli “Rapqon” bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori Mamajanov Baxrom — Jizzax davlat pedagogika institutining “Oliy matematika” kafedrasi dotsenti
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 13-noyabr,
SQ-450-II-son
