Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn uchinchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida (SQ-394-II-son)
12.12.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn uchinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
Abdikarimova Sayyora Sapayevna — Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi (Kotibiyat rahbari) Akramov Akmal Maxmudovich — “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari bosh muharriri, Senatning Reglament va odob komissiyasi raisi Joʻrayev Abdumoʻmin Sunnatovich — Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi Muxamedov Gafurdjan Israilovich — Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori, Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Rtveladze Edvard Vasilyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti boʻlimi mudiri
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 12-dekabr,
SQ-394-II-son
