Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining elektron ovoz berish tizimi texnik vositalari va apparat-dasturiy majmualarini modernizatsiyalash va yangilash loyihasi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni qabul qilish komissiyasi toʻgʻrisida (2127-III-son)
22.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining elektron ovoz berish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-5240-sonli Farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining elektron ovoz berish tizimi texnik vositalari va apparat-dasturiy majmualarini modernizatsiyalash va yangilash loyihasini amalga oshirish belgilangan.
Loyihani amalga oshirish boʻyicha tarmoq jadvali ishlab chiqilib, unda 2018-yil yakuniga qadar elektron ovoz berish tizimi texnik vositalari va apparat-dasturiy majmualarini keltirish, oʻrnatish va ishga tushirish rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida belgilangan vazifalarni oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha ishlarni tashkil etilishi va nazoratini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining elektron ovoz berish tizimi texnik vositalari va apparat-dasturiy majmualarini modernizatsiyalash hamda yangilash loyihasi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni qabul qilish komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. Komissiyaning vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining elektron ovoz berish tizimi texnik vositalari va apparat-dasturiy majmualarining eng maqbul variantini tanlash hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining muhokamasiga kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislari oʻtkaziladigan zalda texnik-dasturiy vositalar oʻrnatilishining har bir bosqichida ularning oldindan dastlabki sinov va koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash;
loyihaning tasdiqlangan texnik topshiriqqa qatʼiy asoslangan holda amalga oshirilganligi yuzasidan monitoring yuritish va yakuniy xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga taqdim etish.
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. Otamuratov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining raisi I. Abdullayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari M. Miralimov zimmalariga yuklatilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-noyabr,
2127-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2018-yil 22-noyabrdagi 2127-III-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining elektron ovoz berish tizimi texnik vositalari va apparat-dasturiy majmualarini modernizatsiyalash va yangilash loyihasi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni qabul qilish komissiyasi
TARKIBI
T/r F.I.O. Ish joyi va lavozimi 1. OTAMURATOV Sarvar Sadullayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Komissiya raisi 2. ABDULLAYEV Ilxom Zairovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi, Komissiya raisining oʻrinbosari 3. MIRALIMOV Mirakmal Miraxmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining rahbari 4. XALBUTAYEV Erkin Ergashevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati 5. KUShERBAYEV Rasul Xidraliyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati 6. KARIMOV Raxmatilla Xamidillayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati 7. RAXMATOV Sattor Neʼmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati 8. ATODJONOV Djumonozor Azodovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati 9. DADAXODJAYEVA Muxarram Esanullayevna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati 10. MUSAYEV Raxmiddin Zayniddinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni boʻlimining mudiri 11. YUSUPOV Viktor Axatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni sektorining mudiri
