Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ikkinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (SQ-24-III-son)
15.05.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ikkinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
2. “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
3. “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
4. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
5. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
6. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
7. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2014-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) saylash toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2014-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2014-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “I.B. Abdullayevni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori etib tayinlash toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2015-yil 15-may,
SQ-24-III-son
