Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida (163-II-son)
25.03.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
Ibraimov Xolboy — Navoiy davlat pedagogika instituti rektori (Kotibiyat rahbari) Arabbayeva Paridaxon Daminovna — Paxtaobod tumanidagi “Yuqori” mahalla fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Musayev Muxammadali — Fargʻona tumani hokimi Seytnazarov Sarsenbay Yerjanovich — Taxtakoʻpir tumanidagi “Tayimbet” fermer xoʻjaligi rahbari Ergashev Quraqboy Yalgashevich — Mirzachoʻl tumanidagi “Paxtazor” qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji direktori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-mart,
163-II-son
