“Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti-Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (39-son)
28.01.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikamiz kimyo sohasiga zamonaviy xorijiy tajribalarni jalb etgan holda, kadrlarning kasbiy koʻnikma va bilimlarini oshirish, ilm-fan, loyihalash va ishlab chiqarish oʻrtasida chuqur integratsiyalashuvni taʼminlash, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 29-apreldagi PQ-4301-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2019-yil 6-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va Koreya Respublikasining Eksimbanki oʻrtasida “Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) birgalikda amalga oshirish va moliyalashtirish toʻgʻrisida Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolanganligi;
loyihani amalga oshirish uchun “Oʻzkimyosanoat” AJ muassisligida “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ) tashkil etilganligi;
loyihani amalga oshirish doirasida “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJga Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Choshtepa qishlogʻi manzili boʻyicha 25,36 ga yer maydoni ajratilganligi;
2020-yil may oyida umumiy qiymati 53,8 mln dollarga teng boʻlgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilganligi va belgilangan tartibda vakolatli davlat organlarida ekspertizadan oʻtkazilganligi hamda loyiha 2024-yil dekabrda ishga tushirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Koreya Respublikasi Eksimbanki tomonidan 40 yil muddatga, shu jumladan, 10 yil imtiyozli davr bilan, yillik foiz stavkasi 0,15 foizni tashkil etuvchi 40 mln AQSh dollari miqdorida ajratiladigan kredit;
“Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning sof foydasidan Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalariga ajratiladigan mablagʻlarning 50 foizini yoʻnaltirish hisobidan 13,8 mln AQSh dollari.
3. Quyidagilar:
“Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasi doirasida Koreya Respublikasi Eksimbanki kreditining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni qaytarish prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Koreya Respublikasi Eksimbanki bilan loyihani moliyalashtirish uchun 40 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimini va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni belgilangan tartibda imzolash vakolati berilsin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining yillik 0,075 foiz marjasi inobatga olinsin.
5. Belgilansinki:
Koreya Respublikasi Eksimbanki krediti boʻyicha asosiy qarz, unga hisoblangan foizlar va boshqa toʻlovlar “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning sof foydasi, Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari mablagʻlari hamda “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti” MChJ tomonidan sohadagi yangiliklar va patentlarni sotishdan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshiriladi;
“Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti” MChJ “Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibiga kiritiladi, bino va inshootlardan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari “Oʻzkimyosanoat” AJ mablagʻlari hamda loyiha doirasida sohadagi yangiliklar va patentlarni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. “Oʻzkimyosanoat” AJ:
bir oy muddatda loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin va uning faoliyatini samarali tashkil etish choralarini koʻrsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan konsultant bilan birgalikda yangi binoni qurish oʻrniga mavjud binolardan foydalanish evaziga loyiha qiymatini maqbullashtirsin va 2021-yil 1-noyabrga qadar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga aniqlik kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali bilan qoʻshma joylashuv tamoyili asosida Koreya tomoni bilan kelishilgan holda, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, TTZ-1 mavzesi, 47-uyda joylashgan Mirzo Ulugʻbek sanoat kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasining Eksimbanki oʻrtasida imzolangan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.T. Mirzamaxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-yanvar,
39-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-yanvardagi 39-son qaroriga 1-ILOVA
“Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy
PARAMETRLARI
T/r Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi Jami Moliyalashtirish manbai Koreya Eksimbanki “Oʻzkimyosanoat” AJ 1. Loyihaning umumiy qiymati* ming AQSh doll. (ekv.) 53 800 40 000 13 800 2. Qurilish ming AQSh doll. 21 500 21 500 - 3. Tadqiqot uskunalari ming AQSh doll. 8 500 8 500 - 4. Oʻqitish xarajatlari ming AQSh doll. 1 150 1 150 - 5. Konsalting xizmatlari ming AQSh doll. 2 384,83 2 384,83 - 6. Yer ajratish, maydonni tayyorlash va boshqalar ming AQSh doll. (ekv.) 2 800 - 2 800,00 7. Loyihani boshqarish ming AQSh doll. (ekv.) 1 000 - 1 000,00 8. Soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar ming AQSh doll. (ekv.) 10 000 - 10 000,00 9. Kutilmagan holatlar ming AQSh doll. 6 425,17 6 425,17 - 10. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar ming AQSh doll. (ekv.) 40 40 - 11. Yangi ish oʻrinlari nafar 130 12. Investitsiya davrining davomiyligi oy 42 13. Kreditni toʻlash muddati yil 40 shu jumladan, kreditning asosiy qismini toʻlash uchun belgilangan imtiyozli davr yil 10
Izoh:
*Loyihaning umumiy qiymati koreyalik konsultant tanlab olingandan soʻng yangi bino oʻrniga mavjud binolardan foydalanish boʻyicha olib boriladigan muzokaralar natijasiga koʻra aniqlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-yanvardagi 39-son qaroriga 2-ILOVA
“Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasi doirasida Koreya Respublikasi Eksimbanki kreditining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni qaytarish prognoz
JADVALI
Jami qarz miqdori — 40 mln AQSh dollari Qarzni qaytarish muddati — 40 yil (imtiyozli davr — 10 yil) Qarz boʻyicha foiz stavkasi — 0,225 foiz Qarzni tashkil etish yigʻimi — 0,1 foiz ming AQSh dollari T/r Toʻlov muddatlari Oʻzlashtirish Toʻlov miqdorlari* Jami toʻlovlar miqdori asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar foizlar boʻyicha toʻlovlar qarzni tashkil etish yigʻimi 1. 20.02.2021 1 255,22 1,26 1,26 2. 20.04.2021 1,42 1,42 3. 20.10.2021 5 810,0 1,41 5,81 7,22 4. 20.04.2022 7,97 7,97 5. 20.10.2022 17 680,0 7,93 17,68 25,61 6. 20.04.2023 27,91 27,91 7. 20.10.2023 15 254,78 27,76 15,25 43,01 8. 20.04.2024 45,12 45,12 9. 20.10.2024 45,12 45,12 10. 20.04.2025 45,12 45,12 11. 20.10.2025 44,88 44,88 12. 20.04.2026 45,12 45,12 13. 20.10.2026 44,88 44,88 14. 20.04.2027 45,12 45,12 15. 20.10.2027 44,88 44,88 16. 20.04.2028 45,12 45,12 17. 20.10.2028 44,88 44,88 18. 20.04.2029 45,12 45,12 19. 20.10.2029 44,88 44,88 20. 20.04.2030 45,12 45,12 21. 20.10.2030 666,67 44,88 711,55 22. 20.04.2031 666,67 44,37 711,04 23. 20.10.2031 666,67 43,38 710,05 24. 20.04.2032 666,67 42,87 709,54 25. 20.10.2032 666,67 42,12 708,79 26. 20.04.2033 666,67 41,36 708,03 27. 20.10.2033 666,67 40,39 707,06 28. 20.04.2034 666,67 39,86 706,53 29. 20.10.2034 666,67 38,89 705,56 30. 20.04.2035 666,67 38,35 705,02 31. 20.10.2035 666,67 37,40 704,07 32. 20.04.2036 666,67 36,85 703,52 33. 20.10.2036 666,67 36,10 702,77 34. 20.04.2037 666,67 35,35 702,02 35. 20.10.2037 666,67 34,41 701,08 36. 20.04.2038 666,67 33,84 700,51 37. 20.10.2038 666,67 32,91 699,58 38. 20.04.2039 666,67 32,34 699,01 39. 20.10.2039 666,67 31,41 698,08 40. 20.04.2040 666,67 30,83 697,50 41. 20.10.2040 666,67 30,08 696,75 42. 20.04.2041 666,67 29,33 696,00 43. 20.10.2041 666,67 28,42 695,09 44. 20.04.2042 666,67 27,83 694,50 45. 20.10.2042 666,67 26,93 693,60 46. 20.04.2043 666,67 26,32 692,99 47. 20.10.2043 666,67 25,43 692,10 48. 20.04.2044 666,67 24,82 691,49 49. 20.10.2044 666,67 24,07 690,74 50. 20.04.2045 666,67 23,31 689,98 51. 20.10.2045 666,67 22,44 689,11 52. 20.04.2046 666,67 21,81 688,48 53. 20.10.2046 666,67 20,94 687,61 54. 20.04.2047 666,67 20,31 686,98 55. 20.10.2047 666,67 19,45 686,12 56. 20.04.2048 666,67 18,80 685,47 57. 20.10.2048 666,67 18,05 684,72 58. 20.04.2049 666,67 17,30 683,97 59. 20.10.2049 666,67 16,45 683,12 60. 20.04.2050 666,67 15,79 682,46 61. 20.10.2050 666,67 14,96 681,63 62. 20.04.2051 666,67 14,29 680,96 63. 20.10.2051 666,67 13,46 680,13 64. 20.04.2052 666,67 12,78 679,45 65. 20.10.2052 666,67 12,03 678,70 66. 20.04.2053 666,67 11,28 677,95 67. 20.10.2053 666,67 10,47 677,14 68. 20.04.2054 666,67 9,78 676,45 69. 20.10.2054 666,67 8,98 675,65 70. 20.04.2055 666,67 8,27 674,94 71. 20.10.2055 666,67 7,48 674,15 72. 20.04.2056 666,67 6,77 673,44 73. 20.10.2056 666,67 6,02 672,69 74. 20.04.2057 666,67 5,26 671,93 75. 20.10.2057 666,67 4,49 671,16 76. 20.04.2058 666,67 3,76 670,43 77. 20.10.2058 666,67 2,99 669,66 78. 20.04.2059 666,67 2,26 668,93 79. 20.10.2059 666,67 1,50 668,17 80. 20.04.2060 666,67 0,75 667,42 Jami 40 000,0 2 033,1 40,0 42 073,3
Izoh:
*Toʻlovlar summasi qarzni haqiqatda ishlatish summasi va qarzni olish sanasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
