“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Abu Dabi, 2008-yil 17-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (543-I-son)
29.08.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 12-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Abu Dabi, 2008-yil 17-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Abu Dabi, 2008-yil 17-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-avgust,
543-I-son
