Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati birinchi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (SQ-3-III-son)
22.01.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati birinchi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatini shakllantirish yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti haqida.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisini saylash toʻgʻrisida.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosarlarini saylash toʻgʻrisida.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining (komissiyasining) roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining (komissiyasining) raislarini saylash toʻgʻrisida.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari (komissiyasi) raislarining oʻrinbosarlari va aʼzolarini saylash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlisida raislik qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 22-yanvar,
SQ-3-III-son
