“Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Sakkizinchi qoʻshimcha bayonnomani (Jeneva, 2008-yil 12-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (226-II-son)
27.08.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 24-mayda qabul qilingan “Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Sakkizinchi qoʻshimcha bayonnomani (Jeneva, 2008-yil 12-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Sakkizinchi qoʻshimcha bayonnomani (Jeneva, 2008-yil 12-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-avgust,
226-II-son
