“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qatar Davlati oʻrtasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish toʻgʻrisidagi Bitimni (Doha, 2010-yil 24-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (225-II-son)
27.08.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 24-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qatar Davlati oʻrtasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish toʻgʻrisidagi Bitimni (Doha, 2010-yil 24-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qatar Davlati oʻrtasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish toʻgʻrisidagi Bitimni (Doha, 2010-yil 24-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-avgust,
225-II-son
