“Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida (172-II-son)
15.12.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralarning mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 15-dekabr,
172-II-son
