Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida (486-IV-son)
05.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida bildirilgan chuqur tahliliy fikrlar ilgari surilgan muhim tashabbus va gʻoyalar bugungi kunda oʻta dolzarb ahamiyatga ega boʻlib, bu Oʻzbekiston yangi taraqqiyot bosqichining poydevori sifatida xalqimiz, jamoatchilik tomonidan keng eʼtirof etilmoqda va qizgʻin qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Mamlakatimiz Prezidentining ushbu nutqida Uchinchi Renessans bugungi hayotimizdagi siyosiy, iqtisodiy oʻzgarishlarning asosini tashkil etishi, bunga keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan taʼlim sohasidagi islohotlar orqali erishish mumkinligi va shu orqali Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davrining poydevorini yaratish zarurligi haqidagi gʻoya ilgari surildi.
Qayd etilganidek, Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasini isloh qilish yuzasidan bildirilgan barcha taklif va ilgari surilgan tashabbuslar mamlakat kelajagi, uning taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Deputatlarning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻqituvchilar va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi chiqishida belgilangan vazifalar oʻz koʻlami va mohiyati bilan yangi Oʻzbekistondagi islohotlarning chuqur va batafsil tavsifi boʻlib, unga muvofiq parlamentdagi barcha fraksiyalar va qoʻmitalar shu vazifalar yechimi bilan shugʻullanishi zarur.
Saylov okruglariga chiqish chogʻida ishni aynan maktablarda, boshqa taʼlim va tarbiya muassasalarida mavjud boʻlgan muammolar bilan tanishishdan boshlash, okrugda joylashgan maktablardagi muammolarni oʻrganish barcha deputatlar faoliyatining birinchi navbatdagi vazifasi boʻlishi lozim.
Bundan tashqari nutqda bayon etilgan tashabbuslar va gʻoyalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka atroflicha yetkazish, bu borada belgilangan vazifalarning samarali amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament hamda deputatlar nazoratini oʻrnatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan barcha gʻoya, tashabbus va takliflarni har tomonlama muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqida ilgari surilgan barcha tashabbuslar va takliflar toʻliq qoʻllab-quvvatlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari U. Inoyatov zimmasiga:
mamlakatimiz Prezidentining Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;
nutqda ilgari surilgan gʻoya, taklif va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishni tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosari A. Kadirov va Devoni rahbari M. Miralimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida bayon etilgan gʻoya, taklif hamda tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga, qoʻmitalar hamda komissiyalarga mamlakatimiz Prezidentining Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament nazoratini oʻrnatish tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqida ilgari surilgan gʻoya, taklif hamda tashabbuslar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni oʻz saylovchilariga atroflicha yetkazish, bu borada keng tushuntirish ishlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
7. Ushbu Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 5-oktabr,
486-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 5-oktabrdagi 486-IV-sonli QarorigaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
