“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-701-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (506-IV-son)
14.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-701-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-oktabr,
506-IV-son
