“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26 va 27-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (265-II-son)
05.12.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 1-noyabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26 va 27-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26 va 27-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-dekabr,
265-II-son
