Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. Bobojonovga “Yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatlar sodir etilishining oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida (512-IV-son)
14.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. Bobojonovga “Yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatlar sodir etilishining oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. Bobojonovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-oktabr,
512-IV-son
