Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻrtinchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida (113-II-son)
03.12.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻrtinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
Xoʻjaniyozova Shakarjon Yusupovna — Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi (Kotibiyat rahbari) Karatayev Ikram Toshpulatovich — Sayxunobod tumanidagi “Qoratoy Mirzayev” fermer xoʻjaligi rahbari Sadritdinov Nasritdin Faxriddinovich — Uychi tumanidagi “Mashad” qishloq fuqarolar yigʻini raisi Tyan Valeriy Nikolayevich — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori Yuldashov Mansur Arzikulovich — Paxtachi pedagogika kolleji direktori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-dekabr,
113-II-son
