“Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-582-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2906-III-son)
21.11.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-582-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-noyabr,
2906-III-son
