Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻninchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida (346-I-son)
29.06.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻninchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
Yusupov Muhammad Mubashirovich — Namangan shahar hokimi (Kotibiyat rahbari) Adilxodjayeva Surayyo Maxkamovna — Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Usmonov Bavan Hakimovich — Nishon tumanidagi “Usmonov Bavan” fermer xoʻjaligi rahbari Urakov Suleyman Salomovich — “Samarqand avtomobil zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Farmonov Aleksandr Qosimovich — “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-iyun,
346-I-son
