“Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona toʻgʻrisidagi Shartnomani (Semipalatinsk, 2006-yil 8-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (327-I-son)
30.03.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 26-yanvarda qabul qilingan “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona toʻgʻrisidagi Shartnomani (Semipalatinsk, 2006-yil 8-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona toʻgʻrisidagi Shartnomani (Semipalatinsk, 2006-yil 8-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 30-mart,
327-I-son
