“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 110, 111, 133 va 135-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (101-I-son)
02.12.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 22-noyabrda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 110, 111, 133 va 135-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 110, 111, 133 va 135-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. MUHITDINOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 2-dekabr,
101-I-son
