Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻrtinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (98-I-son)
02.12.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻrtinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti loyihasi toʻgʻrisida.
2. “Uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
3. “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 110, 111, 133 va 135-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
4. “Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
5. “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
6. “Tadbirkorlik subyektlariga soliq solish va ularning hisobot berish tizimi tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
7. “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
8. “Baʼzi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
9. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
10. “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
11. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn uch yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
18. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida.
19. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash toʻgʻrisida.
20. Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida.
21. Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash toʻgʻrisida.
22. Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida.
23. Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida.
24. Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash toʻgʻrisida.
25. Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash toʻgʻrisida.
26. Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. MUHITDINOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 2-dekabr,
98-I-son
