“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi QL-679-sonli Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (559-IV-son)
10.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2020-yil 28-avgustda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi QL-679-sonli Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-noyabr,
559-IV-son
