“29-modda. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (O‘RQ-669-son) · Sana: 22.01.2021 · Amalda
Agar qonunchilikda yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim taraflarning kelishuviga koʻra yoxud sudning qaroriga binoan oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki u bekor qilinishi mumkin.
Umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni oʻzgartish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartibda davlat sherigi va xususiy sherik tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.
Umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi”;
18) 30-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim davlat sherigining davlat-xususiy sheriklik obyektini tashkil etuvchi mol-mulkni va (yoki) davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa mol-mulkni xususiy sherikka egalik qilish va undan foydalanish uchun berish majburiyatini nazarda tutishi mumkin. Bunda mol-mulkning berilishini taʼminlash yoki tashkil etish davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida amalga oshiriladi hamda qoʻshimcha shartnomalar yoki bitimlar tuzish talab qilinmaydi.
