“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (71-I-son)
27.08.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 20-aprelda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni rad qilinsin.
2. Mazkur Qonun yuzasidan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kelishuv komissiyasi tuzish taklif etilsin va mazkur komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan quyidagi Senat aʼzolari saylansin: Baxtiyor Mirzajonovich Iminov (kelishuv komissiyasi hamraisi), Abdurashid Sultonovich Altiyev, Aziz Damirovich Toʻrayev.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. MUHITDINOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 27-avgust,
71-I-son
