79-modda. Saylovni davlat tomonidan moliyalashtirish
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylovga, mahalliy Kengashlarga saylovga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar davlat mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Chet davlatlarning, ular jismoniy va yuridik shaxslarining hamda xalqaro tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan saylovni moliyalashtirish hamda nomzodlar va siyosiy partiyalarni moddiy jihatdan boshqacha tarzda koʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar saylov oʻtkazish uchun oʻz mablagʻlarini ixtiyoriy ravishda berishi mumkin. Bu mablagʻlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kampaniyasi jarayonida ulardan foydalanish uchun qabul qilib olinadi.
