77-modda. Saylov natijalarini belgilash
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Markaziy saylov komissiyasi, tuman va shahar saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalarining oʻziga kelib tushgan bayonnomalari asosida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha yoki tuman va shahar boʻyicha saylovchilarning umumiy sonini;
saylov byulletenlarini olgan saylovchilar sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan koʻpining ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Saylov, agar unda saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning oʻttiz uch foizidan kami ishtirok etgan boʻlsa, oʻtmagan deb topiladi.
Saylov davomida yoʻl qoʻyilgan, ovoz berish yakunlariga taʼsir qilgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari boʻyicha yoxud ayrim saylov uchastkalari boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Joʻqorgʻi Kengesga saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va saylov yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida bu qaror ustidan tegishli sud organlariga shikoyat qilinishi mumkin.
Mahalliy Kengashlarga oʻtkazilgan saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va ovoz berish yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida bu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ayrim saylov uchastkalari boʻyicha saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shunday uchastkalar (okruglar) boʻyicha ovoz berish natijalari, agar bu natijalarsiz ham saylov umuman boʻlib oʻtgan deb topilishi mumkin boʻlsa, tegishli komissiyaning qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Tegishli saylov komissiyasi ovoz berish yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzadi va qaror qabul qiladi.
