68-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga Joʻqorgʻi Kenges deputatlari saylovini oʻtkazish
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Deputatlarning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda, tegishli saylov okruglarida yangi saylov oʻtkaziladi.
Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Qonunning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun, uchastka saylov komissiyalari esa oʻn besh kun qolganida tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻn besh kun qolganida tugallanadi.
Joʻqorgʻi Kenges vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Joʻqorgʻi Kenges deputatining oʻrni boʻshab qolgan taqdirda, ushbu boʻshab qolgan oʻringa yangi deputat saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.
