4-modda. Umumiy saylov huquqi
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Joʻqorgʻi Kenges deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiydir.
Saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) saylash huquqiga egadir.
Fuqarolar jinsi, irqi va millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng saylov huquqiga egadir.
