31-modda. Saylov byulletenining mazmuni
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Joʻqorgi Kenges deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tugilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi), ish joyi va uni nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya koʻrsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.
Saylov byulletenida uni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirish boʻlishi kerak.
Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining koʻpchiligi soʻzlashadigan tillarda nashr etiladi.
Saylov byulletenlari Brayl alifbosi asosida tayyorlanishi mumkin.
