Oʻrmon xoʻjaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4960-son)
21.01.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish, oʻrmon xoʻjaligida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini ragʻbatlantirish hamda xalqaro standartlar darajasiga mos ilgʻor xorijiy tajribaga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2021-yil 1-fevraldan:
a) oʻrmon xoʻjaligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xorijiy stajirovkalarni tizimli tashkil etish, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish maqsadida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida 4 ta shtat birligidan iborat Ilmiy tashkilotlar faoliyati va innovatsiyalarni joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasini;
pistachilikni rivojlantirish, pistaning yangi va serhosil nav hamda shakllarini tanlash, rayonlashtirish, pistachilik boʻyicha oʻrmonchilar, fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun seminar, trening va boshqa tadbirlar tashkil etish maqsadida Jizzax davlat oʻrmon xoʻjaligi Gʻallaorol boʻlimining “Oqtosh” uchastkasidagi onalik pista plantatsiyalari negizida Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzurida davlat muassasasi shaklidagi Pistachilik ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish;
oʻrmon tadbirlarining texnologik xaritalarini ishlab chiqish va oʻrmon amaliyotiga joriy etishni taʼminlash maqsadida Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida Oʻrmon iqtisodiyoti boʻlimini;
b) oʻrmon urugʻchiligini rivojlantirish, oʻrmon oʻsimliklari urugʻlari tahlilini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi Oʻrmon va dorivor oʻsimliklar urugʻchiligini tahlil qilish markazini tugatish hamda uning moddiy-texnik bazasini saqlagan holda Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutiga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilansinki, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati hamda Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar Oʻrmon va dorivor oʻsimliklar urugʻchiligini tahlil qilish markazini tugatish natijasida boʻshayotgan shtat birliklari hamda Jizzax davlat oʻrmon xoʻjaligi shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tugatilayotgan Oʻrmon va dorivor oʻsimliklar urugʻchiligini tahlil qilish markazining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi umumiy tushumlarining 5 foizi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti va uning tizimidagi ilmiy tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda xodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining raisi N.J. Bakirov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyun va 2022-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-yanvar,
PQ-4960-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-son qarorigaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2966-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “82” raqami “86” raqami bilan almashtirilsin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparatini — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Jamgʻarma mablagʻlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalarini — Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasini, Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazini, Oʻrmon xoʻjaligi texnikumini — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
Milliy tabiat bogʻlari, davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonalari, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalarini — Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari, Jamgʻarma mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutini, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filiali, Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi, Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazini — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
“Oʻrmonloyiha” loyihalash institutini, “Oʻrmonqurilish” davlat unitar korxonasini, “Oʻrmontexnoservis” davlat unitar korxonasini — budjetdan tashqari mablagʻlar moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.”;
v) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining
TASHKILIY TUZILMASI
g) 1a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va boshqarmalar
ROʻYXATI
T/r Nomi Soni (birlik) 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi 1 Respublika tashkilotlari 2. “Oʻrmonloyiha” loyihalash instituti 1 3. Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti 1 4. Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi 1 5. Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi 1 6. “Oʻrmonqurilish” davlat unitar korxonasi 1 7. “Oʻrmontexnoservis” davlat unitar korxonasi 1 8. Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi 1 Jami 7 Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi va viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari 9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi 1 10. Buxoro viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi 1 11. Jizzax viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi 1 12. Qashqadaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi 1 13. Navoiy viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi 1 14. Namangan viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi 1 15. Samarqand viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi 1 16. Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi 1 17. Toshkent viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi 1 18. Fargʻona viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi 1 Jami 10 Milliy tabiat bogʻlari 19. Zomin milliy tabiat bogʻi 1 20. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi 1 21. Zarafshon milliy tabiat bogʻi 1 22. “Orolboʻyi” milliy tabiat bogʻi 1 Jami 4 Davlat oʻrmon xoʻjaliklari 23. Boʻzatov davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 24. Moʻynoq davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 25. Xoʻjayli davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 26. Nukus davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 27. Taxtakoʻpir davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 28. Beruniy davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 29. Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 30. Ellikqalʼa davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 31. Chimboy davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 32. Toʻrtkoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 33. Qoraoʻzak davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 34. Nukus ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 35. Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 36. Buxoro davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 37. Jondor davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 38. Olot davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 39. Qorakoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 40. Qizilqum davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 41. “Neftchi” davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 42. Shofirkon davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 43. Qorovulbozor davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 44. Gʻijduvon davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 45. Jizzax davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 46. Baxmal davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 47. Zomin davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 48. Forish davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 49. Xoʻjamushkent davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 50. Qashqadaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 51. Qamashi davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 52. Muborak davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 53. Kitob davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 54. Dehqonobod davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 55. Jovuz davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 56. Shoʻrtan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 57. Qumdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 58. Navoiy davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 59. Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 60. Konimex davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 61. Xatirchi davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 62. Uchquduq davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 63. Tomdi davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 64. Navbahor davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 65. Namangan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 66. Kosonsoy davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 67. Oʻrtaorol davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 68. Samarqand davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 69. Paxtachi davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 70. Saroyqoʻrgʻon davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 71. Kattaqoʻrgʻon davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 72. Jomboy davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 73. Oqdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 74. Dargʻom davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi 1 75. Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 76. Surxondaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 77. Boysun davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 78. Qiziriq davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 79. Uzun davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 80. Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 81. Toshkent davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 82. Bekobod davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 83. Saksonota davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi 1 84. Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 85. Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 86. Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 87. Fargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 88. Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 Jami 66 Dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari 89. Qorakoʻl ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 90. Yakkabogʻ ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 91. Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 92. Hisor ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 93. Quyichirchiq ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 94. Shahrisabz ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 95. Shumanay ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 96. Qonlikoʻl ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 97. Fozilmon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 98. Gʻallaorol ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 99. Kogon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 100. Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 1 101. Dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi (hududiy (tuman) mansubligi boʻyicha) 1 Jami 13 Davlat oʻrmon-ov xoʻjaliklari 102. Qoʻngʻirot davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 1 103. Qozoqdaryo davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 1 104. Qorakoʻl davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 1 105. Qolgansir davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 1 106. Dalvarzin davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 1 107. Qorovulbozor davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 1 108. Forish davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 1 109. Muborak davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 1 110. Nurota davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 1 111. Xorazm davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 1 Jami 10 Ilmiy-tajriba stansiyalari 112. Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasi 1 113. Darxon ilmiy-tajriba stansiyasi 1 114. Qoʻqon ilmiy-tajriba stansiyasi 1 115. Qoraqum ilmiy-tajriba stansiyasi 1 116. Pistachilik ilmiy-tajriba stansiyasi 1 Jami 5 Boshqalar 117. Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti Andijon filiali 1 118. Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi 1 119. Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsion markazi 1 Jami 3 Hammasi 119 ”;
d) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 86 nafar”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4247-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi “b”, “v”, “g”, “d”, “e” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi “Respublikada oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4424-son qarorida:
a) 12-bandning “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 8-ilovada:
1-bandning “a” — “d” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5-band “b” kichik bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
