“Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti doirasida maxfiy axborotning saqlanishini oʻzaro taʼminlash haqidagi Bitimga (Ostona, 2004-yil 18-iyun) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (471-I-son)
28.03.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 24-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti doirasida maxfiy axborotning saqlanishini oʻzaro taʼminlash haqidagi Bitimga (Ostona, 2004-yil 18-iyun) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti doirasida maxfiy axborotning saqlanishini oʻzaro taʼminlash haqidagi Bitimga (Ostona, 2004-yil 18-iyun) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-mart,
471-I-son
