Koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida (2089-III-son)
27.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 26-oktabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani faollari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishdagi maʼruzasida xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari faoliyatiga tanqidiy baho berilib, koʻp qavatli uylarni boshqarish tizimini qayta koʻrib chiqish, professional servis kompaniyalarini tuzish orqali kommunal xizmat koʻrsatish tizimini yaxshilash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va iqtisodiy barqarorligini taʼminlash hamda ushbu sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazgan holda bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻyilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh ilovaga muvofiq tuzilsin.
2. Ishchi guruhiga (X. Ketmonov):
— koʻp qavatli uylarga kommunal xizmat koʻrsatish va ularning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash boʻyicha amaldagi qonun hujjatlarini, jumladan, “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini tahlil qilish va huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
— rivojlangan davlatlarning bu boradagi ilgʻor tajribasini, xususan, Rossiya Federatsiyasi Qozon shahrining kommunal sohadagi ijobiy tajribasini har tomonlama oʻrganish;
— oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritish vazifalari yuklatilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-oktabr,
2089-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2018-yil 27-oktabrdagi 2089-III-sonli Qaroriga ILOVA
Koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamalash borasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
T/r F.I.Sh. Ish joyi va lavozimi 1. Ketmonov X.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — Ishchi guruh rahbari Ishchi guruhi aʼzolari 2. Abdusattarov T.S. — Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi 3. Pardayev A.K. — Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 4. Shirinov J.J. — Demokrat�k institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 5. Umaraliyev A.A. — Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi aʼzosi 6. Tuxtashev Sh.N. — Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi 7. Polvanov Sh.T — Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi 8. Artikov B.X. — Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi aʼzosi 9. Toshpulatov A.I. — Yuridik boʻlim katta referenti 10. Sultonov B.I. — Qoʻmitalar huzuridagi Kotibiyat katta referenti 11. Asadov X.S. — Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti boʻlim boshligʻi
