Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihalari muhokamasi jarayonining shaffofligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (2071-III-son)
23.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5505-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasining 20-bandini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihalari muhokamasi jarayonining shaffofligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari B. Alixanov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining rahbari M. Miralimov zimmasiga yuklatilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-oktabr,
2071-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2018-yil 23-oktabrda qabul qilingan 2071-III-sonli Qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihalari muhokamasi jarayonining shaffofligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
№ Tadbir nomi Ijro muddati Masʼul ijrochilar Qonun loyihalari matnlarini va ularga doir tahliliy materiallarni har bir oʻqishdan soʻng Qonunchilik palatasi veb-resurslarida tezkor eʼlon qilish 1. Veb-resurslarda eʼlon qilish uchun beriladigan qonun loyihalari matnlarining va ularga doir tahliliy materiallar formatlarini standartlashtirish hamda birxillashtirish 2019-yil 1-yanvar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi 2. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida qonun loyihalari matnlarini va ularga doir tahliliy materiallarni joylashtirishning dasturiy modulini ishlab chiqish 2019 yil 1-iyul Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi 3. Tashqi veb-resurslarda qonun loyihalari matnlarini va ularga doir tahliliy materiallarni tarqatish bazasini shakllantirish 2019 yil 1-yanvar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati 4. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining elektron hujjat aylanishi tizimi tarkibida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida qonun loyihalari matnlarini va ularga doir tahliliy materiallarni joylashtirishning alohida servisini shakllantirish 2020 yil 1-yanvar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi 5. Qonun loyihalari matnlarini va ularga doir tahliliy materiallarni har bir oʻqishdan soʻng Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida tezkor eʼlon qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni bajarish 2019 yil 1-yanvardan Yuridik boʻlim, Qonunchilik palatasi qoʻmitalari huzuridagi Kotibiyat, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati Taklif va mulohazalarni real vaqt rejimida yuborish imkoniyati boʻlgan holda ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Qonunchilik palatasi veb-resurslari orqali ushbu jarayonlarning onlayn namoyishini amalga oshirish 1. Qonun loyihalari yuzasidan parlament muhokamalari jarayonining onlayn namoyishini tashkil etish uchun veb-studiyani shakllantirish 2019 yil 1-mart Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Devoni, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati 2. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida qonun loyihalari yuzasidan parlament muhokamalari jarayonining onlayn namoyishini tashkil etishning dasturiy modulini ishlab chiqish 2019 yili 1-iyul Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi 3. Qonun loyihalari yuzasidan parlament muhokamalari jarayonining onlayn namoyishini tashkil etishdan manfaatdor boʻlgan OAVlari roʻyxatini shakllantirish 2019 yil 1-yanvar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati 4. Qonun loyihalari yuzasidan parlament muhokamalari jarayonining onlayn namoyishini manfaatdor OAVlari tomonidan amalga oshirish borasida koʻmaklashishning tashkiliy-texnik chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish 2019 yil 1-yanvardan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Devoni,Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati 5. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida qonun loyihalari yuzasidan parlament muhokamalari jarayonining onlayn namoyishini tashkil etish 2019 yil 1-iyul Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati
