“Chexiya Respublikasi, Estoniya Respublikasi, Kipr Respublikasi, Vengriya Respublikasi, Latviya Respublikasi, Litva Respublikasi, Malta Respublikasi, Polsha Respublikasi, Sloveniya Respublikasi va Slovakiya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga aʼzo-davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida Sherikchilik taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimga doir Bayonnomani (Bryussel, 2004-yil 30-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (38-I-son)
06.05.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Chexiya Respublikasi, Estoniya Respublikasi, Kipr Respublikasi, Vengriya Respublikasi, Latviya Respublikasi, Litva Respublikasi, Malta Respublikasi, Polsha Respublikasi, Sloveniya Respublikasi va Slovakiya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga aʼzo-davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida Sherikchilik taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimga doir Bayonnomani (Bryussel, 2004-yil 30-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi M. SHARIFXOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-may,
38-I-son
