“Oʻzbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2088-III-son)
27.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 26-oktabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani faollari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishdagi maʼruzasida belgilab berilgan Toshkent shahrining maqomi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish borasidagi vazifalarni tashkil etish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi PF-5515-sonli Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh ilovaga muvofiq tuzilsin.
2. Ishchi guruhiga (R. Xakimov) ikki haftalik muddatda:
— davlat poytaxti maqomini belgilash borasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish;
— qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari hamda Toshkent shahar hokimligi devoni xodimlarining fikr va mulohazalarini olish;
— oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda, mazkur qonun loyihasini ishlab chiqish;
— qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritish vazifalari yuklansin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-oktabr,
2088-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2018-yil 27-oktabrdagi 2088-III-sonli Qaroriga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
T/r F.I.Sh. Ish joyi va lavozimi 1. Xakimov R.R. — Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi, Qonunchilik muammolari instituti direktori – Ishchi guruh rahbari Ishchi guruhi aʼzolari 2. Abdullayev I.Z. — Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi 3. Mamajanov Sh.M. — Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi 4. Xoliyarov Y.B. — Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi aʼzosi 5. Saidaxmetova N.Z. — Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi 6. Karimov R.X. — Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi 7. Xusanova M.A. — Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi 8. Ziyo A.H. — Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi 9. Jabborov S.V. — Qonunchilik palatasi Devoni rahbarining oʻrinbosari 10. Rustamov B.M. — Qonunchilik palatasi Qoʻmitalar huzuridagi Kotibiyat boshligʻi 11. Kim F.V. — Yuridik boʻlim mudirining oʻrinbosari 12. Bekov I.R. — Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti boʻlimining boshligʻi
