“Oʻzbekiston Respublikasining Yadroviy terrorizm aktlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Nyu-York, 2005-yil 13-aprel) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (466-I-son)
27.03.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Yadroviy terrorizm aktlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Nyu-York, 2005-yil 13-aprel) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Yadroviy terrorizm aktlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Nyu-York, 2005-yil 13-aprel) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-mart,
466-I-son
