Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati birinchi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (1-I-son)
27.01.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati birinchi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisini saylash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosarlarini saylash.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalarini tashkil etish, ularning raislarini saylash.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlisida raislik qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-yanvar,
1-I-son
