“Aholini Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlar hududida ishlab chiqarilayotgan dori-darmon vositalari, vaksina va boshqa immunobiologik dorilar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi Bitimni (Ashgabat, 1993-yil 24-dekabr) denonsatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (431-I-son)
01.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 21-noyabrda qabul qilingan “Aholini Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlar hududida ishlab chiqarilayotgan dori-darmon vositalari, vaksina va boshqa immunobiologik dorilar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi Bitimni (Ashgabat, 1993-yil 24-dekabr) denonsatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Aholini Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlar hududida ishlab chiqarilayotgan dori-darmon vositalari, vaksina va boshqa immunobiologik dorilar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi Bitimni (Ashgabat, 1993-yil 24-dekabr) denonsatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-dekabr,
431-I-son
