“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstona munosabatlarni va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida Shartnomani (Ashxobod, 2007-yil 18-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (430-I-son)
01.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 21-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstona munosabatlarni va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida Shartnomani (Ashxobod, 2007-yil 18-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstona munosabatlarni va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida Shartnomani (Ashxobod, 2007-yil 18-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-dekabr,
430-I-son
