Davlat boji stavkalari toʻgʻrisida (192-son)
26.04.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji haqida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. Ilova qilinayotgan Davlat boji stavkalari tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq Bosh boshqarmasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji haqida”gi Qonunini qoʻllash boʻyicha Yoʻriqnoma ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Davlat bojining budjet daromadiga oʻz vaqtida va toʻla tushishi ustidan tegishli nazoratni taʼminlasin.
3. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagilar qoʻllanilmasin:
SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat boji stavkalari haqida” 1979-yil 29-iyundagi 648-son qarori;
SSSR Ministrlar Sovetining “Aliment toʻlashdan bosh tortuvchi ota-onalarni qidirish vaqtida voyaga yetmagan bolalarga vaqtinchalik nafaqalar joriy etish toʻgʻrisida” 1984-yil 6-fevraldagi 134-son qarori 2-bandining Davlat boji qismi (SSSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 25-yanvardagi 67-son qarori 3-bandining tahririda);
SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat boji stavkalari toʻgʻrisida” 1979-yil 29-iyundagi 648-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1989-yil 25-oktabrdagi 894-son qarori;
SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat boji toʻgʻrisida” 1979-yil 29-iyundagi 648-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1990-yil 10-fevraldagi 143-son qarori;
SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRdan ketish va SSSRga kelish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtida Davlat boji olish tartibi va miqdori haqida” 1991-yil 8-iyuldagi 452-son qarori.
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 16-iyuldagi 495-son (OʻzSSR QT 1979-yil, 7-son, 28-modda), 1981-yil 3-iyuldagi 538-son, 1987-yil 7-apreldagi 179-son (OʻzSSR QT, 1987-yil, 4-son, 22-modda) qarorlari, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1984-yil 13-fevraldagi 84-son qarori (OʻzSSR QT, 1984-yil, 2-son, 8-modda) 1-bandining “b” kichik bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-yil, 9-son, 30-modda)ga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 26-aprel,
192-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-apreldagi 192-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Davlat boji
STAVKALARI
(Davlat boji stavkalari 6-bandining “p” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-apreldagi 213-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 1994-y., 4-son, 22-modda)
