“2002-modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qoʻyish
Yer uchastkalarini noqonuniy olib qoʻyganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-667-son) · Sana: 14.01.2021 · Amalda
Yer uchastkasini noqonuniy olib qoʻyish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qoʻyish munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrni oldindan va toʻliq qoplanmagan holda buzib tashlashga, ularga koʻp boʻlmagan miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Koʻp boʻlmagan miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi”;
2) 24111-modda chiqarib tashlansin;
3) 245-moddaning birinchi qismi:
“2001” raqamidan keyin “2002” raqami bilan toʻldirilsin;
“24110 va 24111-moddalarida” degan soʻzlar “va 24110-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 2458-moddaning birinchi qismidagi “24111” raqami “24110” raqami bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-yanvar,
OʻRQ-667-son
