“103-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-666-son) · Sana: 14.01.2021 · Amalda
Senat zarur boʻlgan taqdirda oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda, ham bevosita, ham videokonferensaloqa rejimida eshitadi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida Senat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan eshituvni tashkil etish boʻyicha choralar koʻrilishi uchun ushbu vazirlikni oldindan xabardor qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda ushbu rahbarlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senat qarori oʻz hisoboti eshitilgan shaxsga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi”;
4) 241-moddaning uchinchi xatboshisidagi “Qonunchilik palatasiga” degan soʻzlar “Oliy Majlis palatalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyulda qabul qilingan “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 385-modda) quyidagi mazmundagi 271-modda bilan toʻldirilsin:
