“Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitutsiyasini (Bryussel, 1953-yil 19-oktabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-451-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2237-III-son)
12.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 12-dekabrda kiritilgan “Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitutsiyasini (Bryussel, 1953-yil 19-oktabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-451-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-dekabr,
2237-III-son
