“Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-437-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2244-III-son)
19.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2018-yil 20-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-437-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, koʻrib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-dekabr,
2244-III-son
