Gaz sarfini hisobga olish asboblari (gaz sarfi hisoblagichlari) mavjud boʻlmaganda oʻzbekiston respublikasi aholisiga sotiladigan gaz tabiiy gaz sarfi normalari toʻgʻrisida (249-son)
25.05.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Gaz sarfini hisobga olish asboblari (gaz hisoblagichlar) mavjud boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga sotiladigan tabiiy gazni sarflash normalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Gaz hisoblagichlar mavjud boʻlmaganda aholiga kommunal-maishiy va yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yuritish ehtiyojlari uchun sotiladigan tabiiy gaz sarfining bir oylik normalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda ular tariflar darajasining navbatdagi oʻzgarishi bilan bir vaqtda joriy qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda aholi uchun isitish mavsumining boshlanish va tugash muddatlarini belgilashga ruxsat etilsin.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1973-yil 5-iyuldagi 803-r-son farmoyishi hamda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 19-apreldagi 240-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Toshkent sh.,
1993-yil 25-may,
249-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-maydagi 249-son qaroriga ILOVA
Gaz sarfini hisobga olish asboblari (gaz hisoblagichlar) mavjud boʻlmaganda aholiga kommunal-maishiy va yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yuritish ehtiyojlari uchun sotiladigan tabiiy gazning bir oyda sarflanadigan
NORMALARI
Izohlar:
1. Isteʼmolchida (abonentda) issiq suv taʼminoti uchun foydalaniladigan ikki va undan koʻp gaz plitalari yoki suv isitgichlari mavjud boʻlganda ushbu gaz priborlariga gaz sarflash normasi tegishli ravishda ikki baravar va undan koʻp oshadi.
2. 6 va 7-bandlar boʻyicha aholiga sotiladigan tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblar kommunal-maishiy isteʼmolchilar uchun belgilangan narxlarda amalga oshiriladi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan isitish mavsumi besh oydan kam yoki koʻp qilib belgilanganda isteʼmolchilar (abonentlar) bilan qayta hisob-kitob qilinadi.
